Автомобиль транспорти кадрлари малакасини ошириш ва қайта тайёрлаш институтининг масофадан малака ошириш ўқув курслари учун

ОММАВИЙ ОФЕРТА

(шартнома)

Toshkent shahar                                                   

O‘zining amaldagi Ustavi asosida ish yurituvchi «Avtomobil transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti» bosh direktori v.b. Ergashev Sh.T. (bundan buyon «IJROCHI» deb ataluvchi) bir tomondan va ushbu ofertani shartsiz, istisno va kelishuvlarsiz qabul qiluvchi yuridik va jismoniy shaxs (bundan buyon «BUYURTMACHI» deb ataluvchi) ikkinchi tomondan, har biri amaldagi qonunchilikka va ta’sis hujjatlariga asosan ushbu ommaviy ofertani tuzishda barcha vakolatlarga ega ekanligini tasdiqlab, O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi 562-II-sonli, 2015 yil 22 maydagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘RQ-385-sonli Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 iyundagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 185–sonli Qarori va aloqaning telekommunikatsiya kanallari orqali xizmat ko‘rsatishga bog‘liq bo‘lgan amaldagi boshqa qonun hujjatlariga amal qilib, ushbu ommaviy ofertani (shartnoma) tuzdilar.

I. SHARTNOMA PRЕDMЕTI.

1.1. «BUYURTMACHI» talabiga asosan «IJROCHI» quyida keltirilgan masofadan malaka oshirish o‘quv kurs yo‘nalishini tashkil qiladi:

Автотранспортда халқаро ташиш билан шуғулланувчи ҳайдовчиларнинг масофадан малакасини ошириш;

II. MASOFAVIY MALAKA OSHIRISH O‘QUV KURSINI TASHKIL QILISH SHARTLARI

2.1. Masofaviy malaka oshirish o‘quv kurslari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan va Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv reja va dastur asosida tashkil etiladi.

2.2. «BUYURTMACHI» mazkur ommaviy oferta shartlari bilan tanishadi.

2.3. Masofadan malaka oshirishga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zarur darajada o‘zlashtirgan, qo‘llash mahoratiga ega bo‘lgan talabgor qabul qilinadi va mazkur
xodimlarning o'quv kurslariga yuborilishiga buyurtmachilar (talabgor) mas'ul hisoblanadi.

Talabgorning o‘quv kurslariga masofadan yo‘riqnoma mashg‘ulotlariga, yakuniy imtihonlarda qatnashishiga «BUYURTMACHI» (yoki talabgorning o‘zi) mas’ul hisoblanadi.

2.4. «BUYURTMACHI» masofadan malaka oshirish o‘quv kurslarida qatnashish uchun www.avto-ilm.uz manzili orqali onlayn qabul dasturidan 5.1.1 bandida keltirilgan shartlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tadi.

2.5. Onlayn qabul dasturiga joylashtirilgan «BUYURTMACHI» (talabgor) haqidagi barcha ma’lumotlar (hujjatlar) «IJROCHI» tomonidan o‘rganib chiqiladi. (Joylashtirilgan «BUYURTMACHI» (talabgor) haqidagi barcha ma’lumotlar (hujjatlar) asliga to’riligiga «BUYURTMACHI» (talabgor) shaxsan javobgar hisoblanadi.)

2.6. Talabgorlar tomonidan elektron shaklda taqdim qilingan barcha ma’lumotlari (hujjatlari) belgilangan talabga javob berganda va o‘quv yo‘nalishi bo‘yicha bir guruhda
25 nafardan kam (ko‘pi bilan 30 nafar bo‘lganda) bo‘lmagan talabgorlar shakllanganidan so‘ng, institut rahbarining buyrug‘i bilan masofadan malaka oshirish o‘quv kurslariga qabul qilinadi.

2.7. «BUYURTMACHI» haqidagi ma’lumotlar «IJROCHI» tomonidan o‘quv portaliga joylashtiriladi va ularga masofadan malaka oshirish maxsus dasturidan foydalanish uchun login va parol taqdim etiladi.

2.8. Tarmoq orqali joriy nazorat sinovlarining test savollari ko'pi bilan 15 tadan, oraliq nazorat sinovlarining test savollari ko'pi bilan 25 tadan iborat bo‘ladi va ularni baholash maxsus o'quv portali ( www.avto-ilm.uz) tizimi tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

2.9. «BUYURTMACHI» joriy va oraliq nazorat topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajarganidan so‘ng tarmoqdagi faoliyati hamda kurs elementlarini o‘zlashtirganligi bo‘yicha tyutor (o‘qituvchi-konsultant) tomonidan ochiq sinov o‘tkaziladi. Ochiq sinov xulosasiga asosan tinglovchi yakuniy imtihonga qo‘yiladi.

2.10. Joriy, oraliq nazoratlarda va yakuniy imtihonlarda belgilangan muddatda yetarli ball to‘play olmagan tinglovchilar institut rahbarining buyrug‘i bilan tinglovchilar safidan chetlashtiriladi.

2.11. Yo‘riqnoma mashg‘ulotlari (amaliy mashg‘ulot va konsultatsiya) tegishli o‘quv moduli bo‘yicha tayinlangan tyutor (o‘qituvchi-konsultant) tomonidan amalga oshiriladi.

2.12. Masofadan malaka oshirish o‘quv kursi yo‘riqnoma mashg‘ulotlari tyutor
(o‘qituvchi-konsultant) bilan bevosita yuzma-yuz mashg‘ulot orqali o‘quv rejada qayd etilgan shakl bo‘yicha amalga oshiriladi.

2.13. Masofadan malaka oshirish dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchiga o‘rnatilgan tartibda, davlat namunasidagi hujjat (malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikat) beriladi.

2.14. Yakuniy imtihon natijasida o‘quv dasturini o‘zlashtirish yuzasidan qoniqarsiz baho olgan tinglovchiga o‘quv kursini tamomlaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma beriladi.

2.15. Malaka oshirish o‘quv kursi davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda (rus) ham olib borilishi mumkin. Malaka oshirish o‘quv kurslari boshqa tillarda faqatgina guruhdagi tinglovchilar soni kamida 25 nafar bo‘lganda tashkil qilinishi mumkin.

2.16. Tinglovchi sababsiz 3 soat yo'riqnoma mashg'ulotida qatnashmaganda va institut ichki tartib qoidalarini buzganda, malaka oshirish kursidan institut rahbarining buyrug‘i bilan chetlashtiriladi.

III. HISOB-KITOB TARTIBI

3.1. «BUYURTMACHI» to‘lovni amalga oshirishdan oldin ommaviy oferta shartlari bilan tanishib chiqadi va tasdiqlaganidan keyin, o‘zining bank hisobraqamidan yoki unda hisobraqam mavjud bo‘lmasa, bank tranzit hisobraqamlariga naqd pul topshirish yoki plastik kartochka orqali to‘lov amalga oshiradi.

3.2. Mazkur shartnomaning 1.1 bandida keltirilgan masofadan malaka oshirish o‘quv kursi narxi bir nafar talabgor (tinglovchi) uchun 520 000 (besh yuz yigirma ming) so‘mni tashkil qiladi.

3.3. «BUYURTMACHI» tomonidan ommaviy oferta shartlarini qabul qilgan (tasdiqlagan) kundan boshlab 5 (besh) bank ish kuni davomida shartnomaning  3.2-bandida keltirilgan umumiy summaning oldindan 100 foiz to‘lovi amalga oshirilgandan keyin «IJROCHI» tomonidan masofaviy malaka oshirish o‘quv portalidagi o'quv jarayoniga kirish uchun ruxsat beradi.

3.4. Mazkur shartnomaning 2.10 va 6.1.-bandlariga asosan malaka oshirish kurslaridan tinglovchi chetlatilganda, malaka oshirish uchun “BUYURTMACHI” tomonidan «IJROCHI» ning hisobiga o‘tkazilgan pul mablag‘i «BUYURTMACHI» ga qaytarilmaydi.

3.5. Masofadan o‘quv kurslarini tashkil qilish bilan bog‘liq harajatlar oshishi munosabati bilan o‘quv kurslarining narxi oshirilganda, «BUYURTMACHI» tomonidan oshgan farq summani mazkur shartnomaning 3.6-bandidagi mustasno hollarda 100 foiz mazkur shartnomaning 3.1-bandida nazarda tutilgan to‘lov shakli bo‘yicha «IJROCHI» ning bank hisob raqamiga 5 (besh) kun muddat ichida to‘lab berish shart.

3.6. Masofadan o‘quv kurslarini tashkil qilish bilan bog‘liq harajatlar oshishi munosabati bilan malaka oshirish kursining narxi oshgan hollarda «BUYURTMACHI» tomonidan masofadan malaka oshirish o‘quv kursi narxi oshmasdan oldin to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsa to‘lov amalga oshirilgan sanadan boshlab 3 oy davomida o‘zgarishsiz qoladi.

IV. IJROCHINING MAJBURIYATI VA HUQUQLARI

4.1. «IJROCHI»ning majburiyatlari:

4.1.1 Masofaviy o‘quv kursi sifatiga va tashkil qilinishiga mas’ul hisoblanadi;

4.1.2 Tinglovchilarni elektron o‘quv materiallari (elektron ma’ruza matnlari) bilan ta’minlaydi.

4.1.3 Tinglovchi masofaviy malaka oshirish kursini yakunlagach va yakuniy imtihon sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganda o‘rnatilgan tartibda mazkur ommaviy offertaning 2.13. bandiga asosan sertifikat beradi.

 

 

4.2. «IJROCHI» ning huquqlari:

4.2.1 «BUYURTMACHI» mazkur shartnomaning 2.10, 5.1.3 va 5.1.4 shuningdek,
6.1-bandlariga rioya qilmaganda, tinglovchilarni masofaviy malaka oshirish kursidan chetlashtirish;

4.2.2 Shartnomaning 2.10, 5.1.3 va 5.1.4 shuningdek, 6.1-bandlariga rioya qilmaganda, «BUYURTMACHI» tomonidan uning talabi bilan o‘tkazilgan pul mablag‘ini qaytarmaslik;

4.2.3 Malaka oshirish kursini boshqa tillarda amalga oshirish uchun, mazkur shartnomaning 2.15 - bandida keltirib o‘tilgan, ya’ni belgilangan til bo‘yicha tinglovchilarning soni 25 kishidan kam bo‘lmaganda, malaka oshirish kursini tashkil qilish huquqlariga ega.

4.2.4 «BUYURTMACHI» tomonidan ta’lim xizmati uchun to‘lovni amalga oshirishda mazkur shartnomaning 3.1 bandida ko‘rsatilgan shartlarga to‘liq rioya qilinmaganda pul mablag‘ini bank xizmatlari undirilgan holda qaytarish huquqiga ega.

4.2.5 «BUYURTMACHI» tomonidan mazkur shartnomaning bandlariga rioya (amal) qilmaganda sertifikat bermasligiga haqli.

V. BUYURTMACHINING MAJBURIYATI VA HUQUQLARI

5.1. «BUYURTMACHI»ning majburiyatlari:

5.1.1. Ommaviy oferta shartlarini qabul qilishdan oldin, masofadan malaka oshirish o‘quv kursiga qatnashadigan talabgorninig elektron anketasi to‘ldiriladi va pasport , diplom, to’lov amalga oshirilganligi to’risida hujjat nusxasi yuklanadi;

5.1.2. «BUYURTMACHI» (talabgor) tinglovchiga o‘z vaqtida masofadan malaka oshirishda zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish;

5.1.3. Tinglovchi masofaviy dars jarayonlariga belgilangan muddatda qatnashishini
va «IJROCHI» ning ichki tartib qoidalariga to‘liq amal qilishini ta’minlash;

5.1.4. Tinglovchi masofadan o‘quv kursini oxirgi boschqichi bo‘yicha yo‘riqnoma mashg‘ulotlariga qatnashish;

5.2. «BUYURTMACHI»ning huquqlari:

5.2.1. Elektron qabul dasturida murojaatlar orqali malaka oshirish kursi qabuli uchun ro‘yxatdan o‘tish;

5.2.2. Imkoniyatlaridan kelib chiqib, o‘zlariga qulay bo‘lgan o‘qish davriga yozilishi
va o‘qish jarayonlari boshlanish davrini va navbatini belgilashi;

5.2.3. O‘qish davrida «IJROCHI» ning mavjud elektron bazasidan foydalanish.

VI. SHARTNOMANING ALOHIDA SHARTLARI

6.1 Quydagi hollarda Tinglovchi masofaviy o’quv kurslaridan chetlatiladi:

- uzrli sabablarsiz ____ dars soatlarini qoldirganda (darslarga qatnashmaganda);

- o’quv kursi davomida sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilganda;

- o’quv kursi tinglovchisi vafot etganda;

- mazkur shartnomaning 2.10 bandidagi holatlarda;

- o’quv kurslari(darslar) boshlanganidan so’ng tinglovchining o’z hohishiga ko’ra darslarda qatnashmaslik istagini bildirganda;

- instututning ichki lokal hujjatlarida belgilangan o’quv intizom va hulq-atvor normalariga rioya etmaganda.

6.1.1 Shartnomaning 6.1 bandidagi asoslar mavjud bo’lganda «IJROCHI» mazkur shartnomani bir tomonlama bekor qiladi va tinglovchilar safidan chetlatilgan tinglovchilarga (Buyurtmachiga) o’quv kurslari uchun to’langan summa qaytarilmaydi.

6.2.  «BUYURTMACHI», mazkur shartnomaning 6.1 bandi asosida malaka oshirish kurslaridan chetlatilgan tinglovchi navbatdagi malaka oshirish o'quv kursinida malaka oshirish istagi bo’lsa «IJROCHI» bilan yangidan shartnoma tuzish orqali masofaviy malaka oshirish davrini tanlaydi va shu orqali kurslarga qatnashadi.

6.3 Tinglovchining sog’ligi holatiga ko’ra darslarda ishtirok etolmasligi «IJROCHI»  tomonidan uzrli holat deb baholanadi va bunda Tinglovchi mehnatga layoqatsizlik varaqasini «IJROCHI» ga taqdim etishi(ko’rsatishi) lozim. Uzrli holatlar mavjud bo’lganda Tinglovchi o’tkazib yuborilgan dars soatlarini o’rnatilgan tartibda qayta o’zlashtirishi mumkin hamda uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan joriy va oraliq nazoratlarni qayta topshirishi mumkin. O’tkazib yuborilgan dars soatlarini qayta o’zlashtirish va imtihonlarni(joriy, oraliq va yakuniy) qayta topshirish tartibi «IJROCHI»  tomonidan belgilangan qoidalarga asosan o’tkaziladi.

 

VII. ТOMONLAR JAVOBGARLIGI

7.1. «BUYURTMACHI» va «IJROCHI» ushbu Shartnoma shartlarini to‘liq bajarmaganda, amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadilar.

7.2. Ushbu shartnoma bo‘yicha tomonlar o‘rtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar qonunda belgilangan tartibda hal etiladi.

VIII. SHARTNOMAGA QO‘SHIMCHA VA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TARTIBI

8.1. Ushbu shartnomaga kiritilgan har qanday qo‘shimcha va o‘zgartirishlar yozma ravishda yoki elektron shaklda rasmiylashtirilib, har ikki tomon elektron shaklda tasdiqlanganda (imzolagan) haqiqiy kuchga ega bo‘ladi.

8.2. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish tomonlarning kelishuvi bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Fuqarolik kodeksi va qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha amalga oshiriladi.

8.3. Shartnomani bekor qilishga qaror qilgan taraf boshqa tarafga bu haqda kamida o‘n kun oldin yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuborishi shart.

8.4. «IJROCHI» tomonidan masofaviy malaka oshirish kurslari tashkil etilgunga qadar «BUYURTMACHI» malaka oshirish kurslariga qatnashish istagini rad etsa, «IJROCHI» ning hisob raqamiga o‘tkazgan pul mablag‘ini qaytarib olish uchun yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi, bunda «IJROCHI» tomonidan qaytariladigan pul mablag‘idan bank xizmat xaqi ushlab qolinadi.

IX. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

9.1. Taraflar o‘rtasida ushbu shartnoma bo‘yicha paydo bo‘ladigan barcha nizolar yoki kelishmovchiliklar tomonlar o‘rtasida muzokara yo‘li bilan hal qilinadi.

9.2. Agar kelishmovchiliklarni muzokara yo‘li bilan hal qilib bo‘lmasa, ular Qonunda belgilangan tartibda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi (yuridik shaxslar uchun) yoki Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi (jismoniy shaxslar uchun) orqali hal qilinadi.

X. FORS MAJOR HOLATLAR

10.1. Tomonlarga bog‘liq bo‘lmagan holatlar (yong‘in, suv toshqini, zilzila va boshqa

shu kabi holatlarda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari

va Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida, agar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanganda, majburiyat bajarilmaganligi uchun tomonlar javobgarlikdan ozod etiladi. Bunda yengib bo‘lmaydigan kuch ta’sirida shartnoma majburiyatlarini bajarish imkoniyati yo‘qligi haqida vakolatli organning hujjati taqdim etilishi lozim.

10.2. Yuqoridagi holatlar yuzasidan «BUYURTMACHI» va «IJROCHI» bir-biriga darhol xabarnoma yuborishga majbur.

XI. BOSHQA SHARTLAR

11.1. Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash Instituti 2021 yil 24 fevraldan mazkur elektron shartnomani amalga joriy qildi va «BUYURTMACHI» (talabgori) tomonidan elektron shaklda tasdiqlagan sanadan kuchga kiradi hamda taraflar tomonidan majburiyatlarning to‘liq bajarilguniga qadar amal qiladi.

11.2. Elektron tasdiqlangan mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega.

XII. IJROCHINING RЕKVIZITLARI VA MANZILI

«AVTOMOBIL TRANSPORTI XODIMLARI MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH INSTITUTI»

Manzil: ind: 100147; Toshkent shahri, Yashnobod tumani Mumtoz ko‘chasi, 5A-uy.

Telefon: (71) 231-12-67 +998 95-169 44 43, (95) 196-44-43, Faks/tel: (71) 231-12-68

Bank: ATIB «Ipoteka bank» Mehnat filiali

Hisob raqami: 20210000305672168001. MFO:00423. STIR: 310631562. OKED:85590.

Elektron pochta: institut@mintrans.uz    Cayt: www.avtoilm.uz