Mazkur o‘quv kursida avtomobil transportida xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarning malakasi oshiriladi. Avtotransport sohasida kadrlar malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda, xalqaro yuk tashuvchi haydovchilarga jami 38 soatlik o‘quv yuklamasi bo‘yicha 12 kun davomida masofadan dars mashg‘ulotlari olib boriladi va shundan:
Nazariy mashg‘ulotlar -29 soat;
Amaliy mashg‘ulotlar – 7 soat;
Mustaqil tayyorgarlik - 2 soatni tashkil etadi.
O‘quv kursi yuklamalari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan tayanch o‘quv reja va dasturlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, huquqiy normalar asoslari, transport vositalariga texnik talablar, yo‘l harakati xavfsizligi, xalqaro tashishni tashkil etish xususiyatlari kabi o‘quv bloklaridan iborat. Har bir o‘quv blok o‘quv modullarini o‘z ichiga olgan. O‘quv kurs dasturiga kiritilgan mavzular bugungi kun talablariga binoan xalqaro avtomobil transportda yuk tashishga oid bo‘lgan tartibga soluvchi (reglamentlar, konvensiya shartlari) huquqiy normalarni, pasport va vizani, xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshirishda zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini va ularni ish jarayoniga qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Malaka oshirish kursi dasturining maqsadi : avtomobil transporti sohasida transport xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul shaxs sifatida tayinlanadigan xodimlarning malakasini oshirishdir. Shuningdek, kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan yangi bilimlar olish va takomillashtirishdir. Mazkur malaka oshirish kursi avtomobil transportining transport infratuzilmasi sohasida transport xavfsizligini ta’minlash uchun javobgar shaxslar etib tayinlangan rahbar va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Avtotransport sohasida kadrlar malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda, avtomobil transporti sohasida transport xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul xodimlarga jami 106 soatlik o‘quv yuklamasi bo‘yicha 30 kun davomida masofadan dars mashg‘ulotlari olib boriladi va shundan:
nazariy mashg‘ulotlar -50 soat;
amaliy mashg‘ulotlar – 16 soat;
ko‘chma mashg‘ulot – 6 soat;
mustaqil tayyorgarlik – 34 soatni tashkil etadi.
O‘quv kursi yuklamalari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan tayanch o‘quv reja va dasturlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, umumiy tayyorgarlik, umumkasbiy tayyorgarlik, mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik, tanlov fanlari kabi o‘quv bloklardan iborat. Har o‘quv bir blok o‘quv modullarini o‘z ichiga olgan. O‘quv kurs dasturga kiritilgan mavzular bugungi kun talablariga binoan transport xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, transport xavfsizligini axborot, moddiy-texnik va ilmiy-texnik ta’minlash asoslarini, transport xavfsizligi rejasini ishlab chiqish va mazmunini shakllantirish, transport xavfsizligi kuchlarini sertifikatlashga tayyorgarlik ko‘nikmalari, transport xavfsizligi bo‘limini akkreditatsiya qilish tartibini, ularga qo‘yiladigan talablarni, vakolat va javobgarlikni bilish, transport xavfsizligini ta’minlash sohasida ichki tashkiliy va ma’muriy hujjatlarni ishlab chiqish qobiliyati, yo‘l-transport hodisalari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha transport rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etish, shuningdek rejaning bajarilishini nazorat qilish qobiliyati bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni ish jarayoniga qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Mazkur o‘quv kursida avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning rahbarlari va mas’ul xodimlarining malakasi oshiriladi. Avtotransport sohasida kadrlar malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda, Avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning rahbarlari va mas’ul xodimlariga jami 106 soatlik o‘quv yuklamasi bo‘yicha 30 kun davomida masofadan dars mashg‘ulotlari olib boriladi va shundan:
nazariy mashg‘ulotlar -50 soat;
amaliy mashg‘ulotlar – 16 soat;
ko‘chma mashg‘ulot – 6 soat;
mustaqil tayyorgarlik – 34 soatni tashkil etadi.
O‘quv kursi yuklamalari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan tayanch o‘quv reja va dasturlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, umumiy tayyorgarlik, umumkasbiy tayyorgarlik, mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik, tanlov fanlari kabi o‘quv bloklaridan iborat. Har o‘quv bir blok o‘quv modullarini o‘z ichiga olgan. O‘quv kurs dasturiga kiritilgan mavzular bugungi kun talablariga binoan avtomobil transporti tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda xodimlarni boshqarish strategiyasi, tamoyillari, xususiyatlari, avtomobil transporti sohasida axborot – kommunikatsiya texnologiyalarni, avtokorxonalarda yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etish asosiy tamoyillari, boshqaruvning usullari, avtokorxonalarda harakat xavfsizligini ta’minalash va yo‘l – transport xodisalarining oldini olish bo‘yicha bajariladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida, avtomobil tuzilishi, klassifikatsiyasi, turlarini, avtomobil konstruksiyasiga qo‘yilgan talablar, avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi, ularning atrof muhitga ta’sirini kamaytirish muammolari, korxonalarda ishlab chiqarish texnik bazasini takomillashtirishning zamonaviy yo‘llarini o‘rgatishni chuqur bilish va ularni ish jarayoniga qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.